Dani Alves o'z rekordini yangilashda davom etmoqda
Mirjalol Normatov
9 may 2018, 11:04
PSJ himoyachisi Dani Alves sovrin qo'lga kiritish borasida dunyo rekordini yangiladi.
Kecha u PSJ bilan birgalikda Fransiya kubogi finalida "Lez Erbe" jamoasi ustidan g'alabaga erishdi va 35 yoshli futbolchi faoliyatidagi 39-sovriniga ega chiqdi. Shu orqali u futbol tarixidagi eng ko'p sovrin olgan futbolchiga aylanib oldi.