Dani Alves Neymarning otasiga qarzini qaytardi

Оқил Абдубарноев
11 apr 2024, 23:26
Bu haqda futbolchining advokati ma'lumot berdi.

Zo'rlash sabab 4,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan "Barselona" sobiq himoyachisi Dani Alves qaror to'liq kuchga kirguniga qadar 1 mln evro miqdorida garov puli berib qamoqdan chiqdi.

Hukm qilingan paytda Neymarning otasi fuqaro sifatida unga 150 ming evro qarz bergandi, biroq Alvesga kafil bo'lishdan bosh tortgandi.

Danining advokati Ines Gvardiolaning ma'lum qilishicha, u "Al Hilol" hujumchisining otasiga qarzini qaytargan.

Qayd etilishicha, yakuniy hukm e'lon qilingunga qadar Alves salkam ikki yil mobaynida ozodlikda bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: AS