Dani Alves: "Messi Ronaldudan kuchliroq"

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2015, 11:41
"Barselona" himoyachisi Dani Alvesning fikricha, uning jamoadoshi Lionel Messi "Real" yetakchisi Krishtianu Ronaldudan kuchli.

"Messi Ronaldudan kuchliroq. Lionel o'yinga ta’sir ko'rsata oladi, Krishtianu esa yo'q. Messi o'yin qurib, oshirmalar beradi. Ronaldu - fidokor futbolchi, u doimo kurashga chanqoq bo'lgan. Ammo undagi bazi narsalarni yoqtirmayman. Jamoaning manfaati hamma narsadan ustun" - deydi Alves.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com