Dani Alves garov pulini to'lash va qamoqdan chiqish uchun kredit oldi

Sherzod Nurmatov
22 mar 2024, 17:51
Banklardan biri braziliyalik futbolchi o'zi uchun garov to'lab, Ispaniya qamoqxonasidan chiqib ketishi uchun "Barselona" sobiq himoyachisi Dani Alvesga 1 million evro miqdorida kredit berishga rozi bo'ldi, deb yozmoqda "Mundo Deportivo".

Manbaga ko'ra, sobiq futbolchining do'stlari unga qarz berishdan bosh tortishgan.

20 mart kuni futbolchi apellyaciya ko'rib chiqilayotgan vaqtda hibsdan ozod qilinishi uchun 1 million evro miqdorida garov to'lashi mumkinligi ma'lum bo'ldi.

22 fevral kuni Barselona sudi 40 yoshli Alvesni 2022 yilda Kataloniya poytaxtidagi tungi klubda qizni zo'rlagani uchun 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bundan tashqari, braziliyalik jabrlanuvchiga manaviy tovon sifatida 150 ming evro to'lashi kerak edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo