Daily Mail: Maxrez PFA talqini bo'yicha APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'ladi

Narzulla Saydullayev
22 apr 2016, 08:40
Lester yarim himoyachisi Riyad Maxrez APLda yil futbolchisi deb topiladi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Lesterdagilar jazoirlik futbolchi professional futbolchilar Assotsiatsiyasi talqiniga ko'ra yil futbolchisi bo'lishiga ishonishmoqda.

Taqdirlash marosimi yakshanba kuni Londonda bo'lib o'tadi, Lester va Suonsi o'rtasidagi o'yin esa kechki payt soat 6da tugaydi.

Maxrezni va ramziy terma jamoaga kirgan klubdoshlarini Londonga etkazib borish uchun turli variantlar ko'rib chiqilmoqda. Ular orasida klub xo'jayini Vichaya Shrivaddanaprabxiga tegishli bo'lgan vertolyot ham ko'rib chiqilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk