Daily Mail: Arsenal Venger bilan shartnomani uch yilga uzaytirmoqchi

Narzulla Saydullayev
3 okt 2013, 13:16
Arsenal rahbariyati klub bosh murabbiyi Arsen Venger bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
London klubi rahbariyati murabbiyga yangi uch yilga mo'ljallangan shartnomani taklif qilmoqchi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Agar bu kelishuv amalga oshsa Vengerning maoshi 8 million funtga oshiriladi. Ayni paytda fransiyalik murabbiy bundan 500 ming funt kam maosh oladi.

Eslatib o'tamiz, Vengerning amaldagi shartnomasi 2014 yil iyun oyida tugaydi. Oldinroq Venger keyingi yil PSJda ish boshlashi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru