SSKAning sobiq futbolchisi kecha maydonda vafot etdi

Nadirkhuja Yuldashev
16 okt 2015, 07:45
1998-2001 yillarda Moskvaning SSKA klubi sharafini himoya qilgan Sergey Filippenkov kecha 44 yoshida maydonda vafot etdi.

Moskvaliklar tarkibida 100ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urgan yarim himoyachi ikki marotaba Rossiya chempioni bo'lgan. SSKAdan oldingi va keyingi faoliyatini birinchi hamda ikkichi divizionda o'tkazgan futbolchi terma jamoasi safida bir marotaba, 45 daqiqaga maydonga tushgan. O'shanda rossiyaliklar Braziliyaga 5:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edilar.

Penza viloyatining "Zenit" jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib borayotgan Filippenkov kecha jamoasining faxriylari tarkibida "Penzgorstroyzakazchik" jamoasiga qarshi kechga o'yinda o'zini yomon xis qilgan va vafot etgan.

"O'yinda jamoamiz 3:0 hisobida g'alaba qozonayotgan edi. Gollardan birini murabbiyimiz Sergey Aleksandrovich urgandi. Uchrashuv tugashiga besh daqiqa qolganida u maydonga yiqildi shiforkorlar kelguniga qadar vafot etdi. Bu klubimiz uchun katta yo'qotish", - deydi "Zenit" (Penza) jamoasining matbuot kotibi.


O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: РИА Новости