SSKAning ikki futbolchisi darvozabonga qarshi chiqib, gol ura olishmadi

Aslanov Jasurbek
13 dek 2019, 14:58
"Espanol"ga qarshi bahs SSKA uchun hech qanday ahamiyatga ega emasdi, chunki jamoa guruhda qolib ketgan edi.

Jamoa ko'p hujum qildi, ammo hech gol ura olmadi - birinchi bo'limda Fyodor Chalov birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.


Eng esda qolarli vaziyat 74-daqiqada sodir bo'ldi. Pomazun darvozasi oldidagi xavfli vaziyatdan so'ng, Bistrovich uzun pas bilan Kuchaevga uzatma amalga oshirdi.



Kuchaevga Chalov yordamga keldi. Bu vaziyatda gol urmaslikdan ko'ra, urish osonroq edi. Ammo Kuchaev noaniq pas berdi, Chalov esa to'pga yetib olomadi.



Fyodor nafaqat to'pga ulgurmadi, balki sirpanib ham ketdi va to'p raqibga o'tdi.



TAS-IX emas



Zaxiradagilar ham bu vaziyatdan so'ng boshini ushlab qolishdi.


Bahs oxiriga yetib qolganida SSKA gol urishga muvaffaq bo'ldi. Nikola Vlashich raqib darvozasini ishg'ol qildi va Moskva klubi g'alabaga erishdi. Shunga qaramay moskvaliklar guruhda qolib ketdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru