SSKA futbolchisi Gayich Fayzullaevga Turkiyadagi faoliyatini muvaffaqiyatli o'tkazishni tiladi

Sherzod Nurmatov
1 avg 2025, 13:34
SSKA himoyachisi Milan Gayich yarim himoyachi Abbos Fayzullaevga Turkiya chempionatida omad yor bo'lishini niyat qildi.

Chorshanba kuni SSKA 21 yoshli Fayzullaevning "Istanbulning Bashakshehir" klubiga o'tganini e'lon qildi. O'zbekistonlik futbolchi "qizil-ko'klar" bilan birgalikda Rossiya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi.

"Abbos biz bilan yaxshi xayrlashdi. Men unga omad tilayman – u juda yaxshi yigit va futbolchi. Umid qilamanki, Fayzullaev Turkiyada o'zini ko'rsatishda davom etadi va Jahon chempionatini yaxshi o'tkazadi", – dedi serbiyalik o'yinchi.

Fayzullaev 2023 yilning yozidan buyon SSKA safida o'ynab kelayotgandi. U "armiyachilar" libosida 72 o'yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.com