Coca Cola Superligasi. "Nasaf" so'nggi daqiqalarda gol urib, Navoiyda g'alaba qozondi

Sherzod Nurmatov
19 okt 2022
Coca Cola Superligasi 22-turi doirasidagi "Qizilqum" – "Nasaf" bellashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini onlayn kuzatib borish mumkin. 



YANGILASH


Birinchi taymda hisob ochilmadi. 60-daqiqada "Nasaf"ning uzoq davom etgan hujumini Dilshod Saitov jarima maydonidan yo'llagan aniq zarbasi orqali gol bilan yakunladi - 0:1.

65-daqiqada Bobur Yo'ldoshev dastlab sariq kartochka oldi, hakamga jiddiy etiroz bildirgani uchun ikkinchi bor ogohlantirildi va maydondan chetlatildi, "Qizilqum" 10 kishi bo'lib qoldi.

76-daqiqada bosh hakam VAR orqali "Nasaf" darvozasi tomon penalti belgiladi. Bu vaziyatda Stanoevich o'z jarima maydoni ichida Zoteevning yuziga urib yuborgandi. 

78-daqiqada Dilshod Jo'raev penaltidan gol urdi va hisobni tenglashtirdi - 1:1.

90+4-daqiqada autdan uzatilgan to'pni Lima Kruz boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 1:2.

Uchrashuvda "Nasaf" 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.



"Qizilqum" – "Nasaf" - 1:2

Hakamlar: Akobir Shukurullaev, Damir Iskanderov, Akmal G'iyosov, Doston Rahmonov

VAR hakami: Aziz Asimov

AVAR hakami: Alisher Usmonov

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Vladimir Nazarov

Navoiy. "Yoshlar" SM. 18:30

Gollar: Dilshod Saitov 60, - 0:1. Dilshod Jo'raev 78 penalti, - 1:1. Mateus Lima Kruz 90+4, - 1:2.

"Qizilqum": 35.Javohir Ilyosov, 4.Bobur Yo'ldoshev, 5.Dilshod Jo'raev, 7.Sanjar Shoahmedov, 14.Fayzulla Qambarov, 17.Salim Mustafoev, 23.Sherali Jo'raev (s), 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev,  43.Shon Pol Komolafe (32. Ilhom Kenjaev, 90+1), 88.Artyom Dmitriev

Zaxira: 1. Ignatiy Nesterov, 3. Abduvosidxon Abdurashidov, 9. Xumoyun Abdualimov, 18. Davron Anvarov, 21. Orifxo'ja Abduxoliqov, 77. Azamatxon Maqsumov, 85. Islom Asilbekov.

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 4.Husniddin Aliqulov,  5.G'olib G'aybullaev (2.Alibek Davronov, 87), 8.Dilshod Saitov (9.Ivan Solovyov, 87), 10.Husayn Norchaev, 17.Suhrob Nurulloev (19.Mateus Lima Kruz, 58), 22.Akmal Mozgovoy, 27.Zafarmurod Abdirahmatov (18.Bahrom Abdurahimov, 78), 34.Sherzod Nasrullaev (7.Sharof Muhitdinov, 78), 88.Marko Stanoevich, 92.Umar Eshmurodov (s)

Zaxira: 35.Abduvohid Ne'matov, 6.Murodbek Rahmatov, 14.Alen Masovich, 20.Shahzod Akramov.

Ogohlantirishlar: Umar Eshmurodov 36, Dilshod Jo'raev 55, Bobur Yo'ldoshev 65, Marko Stanoevich 76,

Chetlatish: Bobur Yo'ldoshev 65 (2SK).



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia