Coca Cola Superligasi. "Metallurg" Muborakda "Buxoro"ni yirik hisobda taslim qildi

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2020, 20:50
O'zbekiston Coca Cola Superligasi 7-tur doirasidagi "Buxoro" - "Metallurg" o'yini bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin.

YANGILASH



90+3. Uchrashuv tugadi, "Buxoro" - "Metallurg" 1:4

90. Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. Metallurg tarkibida o'zgarish: Doniyor Narzullaev o'rniga maydonga Abdurahmon Abdulhaqov tushdi.

82. Mezbonlar ikki marta burchak to'pini amalga oshirishdi, har ikkala vaziyatda Lobanov ishonchli o'ynadi. 

79. Zohir Pirimov ogohlantirildi.

78. Zohid Abdullaev maydonga tushishi bilan gol urishi mumkin edi. Ozgina e'tibor va omad yetishmadi hujumchiga

77. Metallurg tarkibida qo'sh o'zgarish: Evgeniy Chumak o'rniga Xudoyshukur Sattorov, Shahzodbek Ubaydullaev o'rniga Zohid Abdullaev maydonga chiqdi.

72. Hududiy ustunlik buxoroliklar tomonida.

71. O'yinda hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'ygan bekobodliklar yana xotirjamlikka berilishdi.

65. ZARBAAA! Azizbek Amonovning zarbasi, Lobanov o'z o'rnida.

64. Buxoro tarkibida ham o'zgarish bo'ldi: Jasur Hasanov o'rnida Javohir Shodmonov harakat qiladi.

64. Metallurg tarkibida o'zgarish: Ixtiyor Toshpo'latov o'rniga maydonga Abror Toshqo'ziev tushdi.

60GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Shahzod Ubaydullaevdan dubl!  Bu safar Salamat Quttiboevdan ajoyib uzatma va Shahzod darvozabon qarshisida yolg'iz qoldi va yaqin burchakni nishonga aniq oldi - 1:4.

58. Buxoro tarkibida o'zgarish: Izzatilla Abdullaev o'rniga maydonga Behruz Sadilloev tushdi.

55. Abbos Otaxonov ogohlantirildi

53. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Chan qanotdan Doniyor Narzullaevning uzatmasi va Shahzodbek Ubaydullaevdan SHEDEVR gol - 1:3.

51. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Stanislav Andreev penaltidan gol urdi - 1:2.

50. PENALTI! "Buxoro" darvozasi tomon. Shahzodbek Ubaydullaev yiqitilgani uchun bosh hakam 11 metrli nuqtani ko'rsatdi.

48. Taym boshida tashabbus yana nominal mezbonlar - buxoroliklar tomonida

46. Ikkinchi taym boshlandi!


45+1. Birinchi taym tugadi, hozircha 1:1

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

42. ZARBA! "Buxoro"da jarima to'pi, Zohir Pirimovdan xavfli zarba, biroz noaniq.

38. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Izzat Abdullaev jarima maydoni ichida Lobanov qarshisida to'pni orqaroqdagi sherigiga uzatdi, Suhrob Ne'matov osongina gol urdi - 1:1 

37. Azizbek Amonovning reydi va noaniq zarbasi

36. Boburbek Amonovdan xavfli zarba, Lobanovdan ajoyib seyv. Aleksandr o'z o'rnida.

33. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Abbos Otaxonov - 0:1

28. Salamat Quttiboevning zarbasi noaniq bo'ldi.

27. O'zgarish. "Buxoro". Jasur Hakimov o'rniga Suhrob Ne'matov

22. UXX! Zohir Pirimovning zarbasi biroz noaniq...

18. Salamat Quttiboevning reydlari xavfli ko'rinish olmoqda. Bu safar uning uzatgan to'pini Doniyor Narzullaev darvozaga to'g'rilay olmadi.

15. ZARBAAA! Shahzodbek Ubaydullaev tepgan to'pni Safaev bartaraf etdi.

14. Izzatilla Abdullaevdan xavfli zarba, biroz noaniq. Lobanov to'pni yo'nalishini ko'rdi va xotirjam kuzatdi.

10. Stanislav Andreevdan uzatma, himoyachilar to'pni qaytarishdi.

8. Dastlabki daqiqalarda mezbonlar tashabbusni o'z qo'llarida ushlab turishibdi.

6. ZARBAAA! Xavfli zarba, Bekzod Saidov tepgan to'pni Lobanov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.




Coca Cola Superliga. 7-tur
2 iyul, payshanba
19:00 - BUXORO – METALLURG 1:4 LIVE (Mahalla TV LIVE)
Hakamlar:
Sherzod Qosimov, Alisher Usmonov, Sanjar Shoyusupov, Rustam Choriev
Nazoratchi: Andrey Klepikov
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov.

Gollar: Abbos Otaxonov 33, - 0:1. Suhrob Ne'matov 38, - 1:1 (Izzat Abdullaev). Stanislav Andreev 51 penalti, - 1:2. Shahzod Ubaydullaev 53, - 1:3 (Doniyor Narzullaev). Shahzod Ubaydullaev 60, - 1:4 (Salamat Qutiboev).

"Buxoro": 91.Zafar Safoev, 4.Mirjalol Jumaev, 5.Boburjon Amanov, 9.Jasur Hakimov (7.Suhrob Ne'matov, 27), 11.Zohir Pirimov, 16.Jasur Hasanov (33.Javohir Shodmonov, 64), 19.Bekzod Sayidov, 28.Ergash Ismoilov, 40.Azizbek Amonov, 60.Bobur Farhodov, 77.Izzat Abdullaev (17.Behruz Sadilloev, 58).
Zaxira: 20.Sardor Qobuljonov, 25.Shohjahon Nasimov, 21.Abbosbek Jumaqulov, 26.Abror Xusinov, 29.Shahzod Beshimov, 98.Solibek Karimov.

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 5.Abbosjon Otaxonov, 7.Doniyor Narzullaev (23.Abdurahmon Abdulhaqov, 89), 8.Salamat Qutiboev, 10.Shahzod Ubaydullaev (15.Zohid Abdullaev, 77), 21.Kamoliddin Tojiev, 22.Shahzodbek G'ofurbekov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov (14.Abror Toshqo'ziev, 64), 28.Stanislav Andreev, 55.Akbar Ismatullaev, 88.Evgeniy Chumak (20.Xudoyshukur Sattorov, 77).
Zaxira: 1.Akmal Tursunboev, 4.Odilbek Abdumajidov, 9.Mahmudjon Qudratullaev, 11.Murodbek Bobojonov, 77.Muhammad Isaev.

Ogohlantirishlar: Abbos Otaxonov 55, Zohir Pirimov 79,




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia