

20.08.2023 | 19:00
"Turon" - "Bunyodkor" 1:2 (TUGADI)
Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev
Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov.
Zaxira hakami: Isroil Imomnazarov
VAR: Rahimbek Karimov
AVAR: Maksim Nexochin
Nazoratchi: Nabijon Ro'zimov
Komissar: Davron Ibrohimov.
Gol: Farhod O'tkirov (Jasur Hakimov) 5, 0:1, Fayzullobek Jumanqo'ziev (Nodirbek Mukarov) 45+1 (1:1), Rasul Yo'ldoshev (Milan Marchich) 90+5
"Turon": 35. Rahimjon Davronov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 4. Asliddin Toshtemirov, 5. Marlen Chobanov (18. Abdug'ani Kamolov,46), 10. Humoyun Murtozaev, 17. Nodirbek Mukarov (22. Shahzodbek Rahmatullaev, 74), 21. Azamjon Aliev (40. Abega Enyang Ngu, 63), 23. Sardorbek Xursandov, 36. Nodirbek Abdurazzoqov (45. Asadbek Saitxonov, 46), 44. Abubakir Ashurov, 77. Fayzullobek Jumanqo'ziev (7. Shohmalik Komilov, 78)
Zaxiradagilar: 1. Dostonbek To'xtaboev, 3. Akbar Abdirasulov, 15. Aziz Xolmurodov, 19. Ravshan Hayrullaev,
"Bunyodkor": 32. Suhrobjon Sultonov, 2. Aleksey Nosko (77. Milan Marchich, 78), 3. Mahmudjon Muhammadjonov (19. Bilol Tupliev, 78), 4. Darvonjon Ergashev, 6. Avazbek O'lmasaliev, 8. Shohruhbek Abdurahmonov, 15. Jasurbek Hakimov ( 14. Ahmadjon Anvarov, 38), 30. Vellington Taira, 34. Suhrob Izzatov (22. Usmonali Ismonaliev, 63), 45. Farhod O'tkirov (99. Umidbek Sultonov, 63)
Zaxiradagilar: 71. Sarvar Karimov, 7. Akbarjon Ismatullaev, 18. Narimonjon Ahmadjonov, 29. Muzaffar Olimjonov,
Ogohlantirish: A'zam Aliev ("Turon") 43, Asadbek Saitxonov ("Turon") 86
MATNLI TRANSLYATSIYA
Uchrashuv yakunlandi.
90+5. GOL. Rasul Yo'ldoshev chiroyli zarba bilan "Bunyodkor"ga so'nggi daqiqalarda g'alabani keltirdi.
90+4. ZARBA. Shohmalik Komilov uzoqdan zarba yo'lladi. Sultonov to'pni qaytardi. Bu yerda Sultonov g'olib.
90+2. Murtozaev aylanib yugurib zarba yo'lladi. Himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.
90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.
89. "Turon" ham vaziyat yaratdi. Shohmalik Komilovning zarbasini raqib himoyachilari qaytardi.
88. "Bunyodkor" bugun 4ta o'yinga etadigan vaziyatlar yaratdi. Lekin tarkibida gol uradigan hujumchi yo'q. Bu chempionatimizdagi muammolardan biri hisoblanadi.
86. OGOHLANTIRISH. "Turon", Asadbek Saitxonov.
78. O'ZGARISH. "Turon", Fayzullobek Jumanqo'ziev o'rniga Shohmalik Komilov tushdi.
78. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Aleksey Nosko o'rniga Milan Marchich, Mahmud Mahamadjonov o'rniga Bilol Tupliev tushdi.
76. EXE. Mahmud bo'sh qolgan darvozaga to'pni yo'lladi. Abubakr kirib ketayotgan to'pni qaytarib qoldi.
73. O'ZGARISH. "Turon", Nodirbek Mukarov o'rniga Shahzodbek Rahmatullaev
71. ZARBA. Rasul Yo'ldoshev zarba yo'lladi. Darvonov bugungi o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga davogar.

66. ZARBA. Anvarov birga bir vaziyatda gol ura olmadi. Davronov vaziyat qahramoni.
63. O'ZGARISH. "Turon", A'zam Aliev o'rniga Abega Enyang tushdi.
63. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Suhrob Izzatov o'rniga Usmonali Ismonaliev, Farhod O'tkirov tushdi.
63. ZARBA. "Bunyodkor", Anvarovning zarbasini Davronov ushlab oldi.
61. O'yin jonlandi. "Bunyodkor" esa gol urishga yaqin kelmoqda.
60. ZARBA. Mahmadjonovning zarbasi qaytdi, Abdurahmonovning zarbasi ustundan qaytdi.
58. ZARBA. "Bunyodkor" futbolchisi Mahmud Mahamadjonovning zarbasi xavfli chiqdi. Biroz aniqlik yetishmadi, xolos.
56. ZARBA. "Bunyodkor" juda kuchli hujum uyushtirdi. Toirbekning yuqoridan bergan uzatmasini Anvarov darvozaga boshi bilan yo'lladi. Biroq noaniq. Lekin ancha xavfli.
54. ZARBA. Abdurashidovning zarbasi ancha xavfli chiqdi.
53. "Turon" ikkinchi bo'limga boshqacha kayfiyatda chiqib keldi. Ketma-ket hujumlar, standar vaziyatlar.
46. O'ZGARISH. "Turon", Nodirbek Abdurazzoqov o'rniga Asadbek Saitxonov, Marlen Chobanov o'rniga Abdug'ani Kamolov tushdi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+1. GOL. "Turon" hisobni tenglashtirdi. Nodirbek Mukarov himoyani yorib kirib zarba yo'lladi. Qaytgan to'pni oradagi qisqa masofada Fayzullo Jumanqo'ziev darvozaga yo'lladi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
43. OGOHLANTIRISH. "Turon", A'zam Aliev.
38. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Jasur Hakimov o'rniga Ahmadjon Anvarov tushdi.
37. "Turon" ustunlikni qo'liga oldi. Qanotlardan xavfli uzatmalarni amalga oshirishni boshladi. Temp oshdi.
32. O'yin o'rta tempda davom etmoqda. Xavfli vaziyatlar kam.
29. Hakimovga tibbiy yordam ko'rsatildi.
27. "Bunyodkor"dan ajoyib xujum. Jasur Hakimov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.
26. O'yin tempi tenglashdi.

18. Translyatsiya qaytdi. Biz ham vaziyatlarni batafsil bayon qilib boramiz.
14. "Turon" oldinga o'tmoqda. Abdurashidovning uzatmasini golga aylantiradigan futbolchi topilmadi.
10. Farhod O'tkirov Krestinning yangi kashfiyoti!
9. Superligani nima qilamiz? O'z chempionati ustun turmagan mamlakatda, qanday translyatsiya ko'rish mumkin?
5. GOL. Suhrob Sultonov qarshi hujumni boshlab berdi. Farhod O'tkirov o'ng qanotda katta tezlikda jarima maydoni ichiga kirib, uzoq burchakni nishonga oldi.
4. Yana "Turon"dan hujum. Bu safar Humoyun Murtozaev qulay vaziyatga chiqib bordi. Sultonov o'z o'rnida va
1. "Turon" ilk daqiqalardan oldinga o'tdi. Sultonov to'pga chiqib keldi va xavfni bartaraf etdi.

Uchrashuv boshlandi.



