Coca Cola Superliga. Bugun Toshkentda "Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'ladi

Narzulla Saydullayev
5 sen 2020, 09:29
Bugun, 5 sentyabr kuni Coca Cola Superligasi 15-turidan o'rin olgan “Buxoro” – “Paxtakor” o'yini bo'lib o'tadi.

 

Coca Cola Superliga. 15-tur
5 sentyabr, shanba
BUXORO – PAXTAKOR
Hakamlar
: Ravshan Abduvohidov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, G'ayrat Jo'raev
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Sardor Qudratullaev.


Chempionatlar tarixida ushbu jamoalar 57 bor o'zaro bellashgan. 41 bahsda "Paxtakor", 7 bellashuvda "Buxoro" g'alaba qozongan. 9 to'qnashuv durang bilan yakunlangan. "Paxtakor" 130ta gol urgan, "Buxoro" 38ta to'p kiritgan. 15 uchrashuvda "Sherlar" raqibni yirik natija bilan taslim qilgan.

"Buxoro" mezbon bo'lgan o'yinlarda "Paxtakor" 15 marta g'alaba qozongan, 7 durang qayd etilgan va 6 marta mezbonlar g'olib bo'lishgan.

O'zaro o'yinlar to'purari Server Jeparov sanaladi. U buxoroliklar darvozasiga 10 gol urgan. Dragan Cheran hisobida 9 gol mavjud. Igor Shkvirin 8, Igor Sergeev 7 to'p muallifi bo'lgan. "Buxoro"dan Ilhom Qurbonov hisobida 3 gol bor. Gennadiy Sharipov va Bahodir Pardaev har ikki jamoa safida to'p kiritishga erishgan.

"Buxoro" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi o'yin 5 avgust, shanba kuni soat 18:00da "Lokomotiv" stadionida boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia