"Clash of Clans" videoo'yinida Xoland qiyofasi paydo bo'ladi

Оқил Абдубарноев
30 apr 2024
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland "Clash of Clans" videoo'yini bilan hamkorlikni boshladi.

"Supercell" kompaniyasi ilovaning keyingi versiyasida yangi qahramon paydo bo'lishini tasdiqladi.

Videoo'yinda Xoland "Varvarlar qiroli"ga aylanadi.

Norvegiyalik forvard "Clash of Clans"ning ashaddiy muxlislaridan sanalib, bir necha yildan beri o'ynab keladi.

Yangilangan versiyani 29 may kuni Android va iOS qurilmalari orqali yuklab olish mumkin bo'ladi.



Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Supercell