Chupo-Moting "Manchester Siti"ga qarshi birinchi o'yinni o'tkazib yuboradi
Omonjon To`xtamirzayev
10 apr 2023, 19:09
"Bavariya" hujumchisi Erik Chupo-Moting Chempionlar Ligasi chorak final doirasida "Manchester Siti"ga qarshi birinchi bahsni o'tkazib yuborishga majbur.
Germaniya klubining xabariga ko'ra, futbolchining tizzasi bilan bog'liq muammo mavjud.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" - "Bavariya" bellashuvi ertaga Angliyada bo'lib o'tadi.