Chiro Immobile: Napolida o'ynashni istashimni yashirmaganman

Dortmundning Borussiya jamoasi hujumchisi Chiro Immobile Italiyaning qaysi jamoasida o'ynash istagi boriligini bildirdi.

"Borussiya D"dagi faoliyatim omadli kechmadi. Lekin faoliyatimdagi bu bosqich menga katta maktab bo'ldi. Chetga chiqqandan keyin o'yin amaliyotiga ega bo'lish muhim sanaladi. Ayniqcha Germaniya bundesligasida bu narsa muhim. Italiyaga qaytamanmi? Men hech qachon "Napoli"ga o'ynash istagim borligini yashirmaganman. Bu haqida bir necha bora takidlaganman. Lekin hamma gap muzokara va transfer qoidalariga bog'liq. "Napoli"da katta raqobat mavjud. U erda juda kuchli futbolchilar jamlanishgan. Insine va Iguain bilar bir safda o'ynash maroqli bo'lardi. Yaqinda klub prezidenti Aurelio de Laurentis ko'rishgandim. U men bilan "Qandaysan, Chiro" deb salomlashib ketgandi. "Napoli" klubi muxlislarga men haqimda qayg'urayotishgani uchun minnatdorchilik bildiraman", - deydi Immobile.


Manba: sports.ru