Chiro Immobile bu mavsumda hech kim qilmagan ishni bajardi

Narzulla Saydullayev
30 okt 2017
"Lacio" hujumchisi Chiro Immobile uchun mavsum ajoyib o'tmoqda.

Futbolchi "Milan" bilan bahsda xet-trikka erishgandi. Kecha "Benevento" bilan o'yinda esa 3ta golga pas berdi. Bu mavsumda hech qaysi o'yinchi bunday natijaga erishgani yo'q.

Immobile 14ta gol bilan Italiya A seriyasida to'purarlar poygasida birinchi o'rinda bormoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: squawka.com