Chiluell og'ir jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
3 noya 2022, 18:01
Kecha tunda Londonning "Chelsi" jamoasi Chempionlar Ligasi guruh bosqichi so'nggi turida Zagrebning "Dinamo"si bilan to'qnash kelib, g'alabaga erishdi (2:1).

Final hushtagi yangrashiga bir necha daqiqa qolganida Ben Chiluell tizzasida og'riq sezdi.

Jurnalist Saymon Fillipsning fikricha, chap qanot himoyachisi katta ehtimol bilan Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi.

"Bu o'tgan yilgi qishning dahshatli takrorlanishi, biz Ben Chiluell va Ris Jeymsni yo'qotdik. O'shanda bu bizga qimmatga tushgandi, hozir ham shunday bo'lishi mumkin.

Grem Pottyerdan ko'prog'ini eshitamiz, lekin u ertaga yoki undan keyingi kuni tibbiy ko'rik natijalari chiqishini aytsa kerak.

Eng yaxshi holatda ham, biz ko'rganimiz, minimal muddat bir oy ekanligidan darak bermoqda – bu esa Chiluell Jahon chempionatida qatnashmasligini anglatadi", – dedi Fillips.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: GiveMeSport