"Chig'atoy"da futzal hakamlari uchun o'quv-mashg'ulot o'tkazilmoqda

Tolibjon Qosimov
14 mar 2018, 11:15
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizdagi hakamlar saviyasini oshirish va futbol uchrashuvlarida sifatli hakamlikni taminlash uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahridagi “Chig'atoy” sport bazasida mini-futbol (futzal) hakamlari uchun o'quv-mashg'ulot va nazoratchilar uchun malaka oshirish seminario'tkazilmoqda. Unda jami 30 nafar hakam va 10 nafar nazoratchilar ishtirok etyapti.

O'quv-mashg'ulotlarni tajribali hakamlar Baxtiyor Namozov va Shuhrat Po'latov o'tkazishmoqda. O'quv-mashg'ulotlari davomida hakamlar va nazoratchilar nazariy va amaliy imtihonlar topshirishadi hamda bilim va ko'nikmalarini oshirib olishadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com