Chicharito va Bebe ijaraga berilishi mumkin

25 iyul 2013, 13:33
The Daily Mail xabar berishicha "Manchester Yunayted"ning ikki futbolchisi ijaraga berib yuborilishi mumkin.

Roberto Soldadoni "Tottenxem"ga qo'yib yuorishga yaqin turgan "Valensiya" uning o'rnini to'ldirish uchun "MYU" hujumchisi Xaver Ernandes bilan qiziqmoqda. Biroq manbada aytilishicha bu transferning amalga oshish ehtimoli yuqori emas. Chunki Devid Moyes yangi mavsumda Chicharitodan umidlari katta ekanini ta'kidlab o'tgan. 

Shuningdek "Man. Yunayted"ning 23 yoshli qanot yarim himoyachisi Bebe bilan Portugaliyaning "Pasush-di-Ferreyra" klubi qiziqayotgani ma'lum qilinmoqda.


Manba: manutd.ru