Chicharito faoliyatini MLSda davom ettirmoqchi

Alisher
3 dek 2019
"Sevilya" hujumchisi Xaver Ernandes MLS klublaridan biriga o'tishga qarshi emas.

"MLSga o'tishni xohlaymanmi? Ha, albatta. Men doim o'z kelajagim haqida qayg'uraman. Barcha imkoniyatlar uchun ochiq bo'lishni xohlayman.

MLS - rivojlanayotgan liga. Bu ham bir imkoniyat bo'lar edi. Har bir chempionat - yangi imkoniyatlardir", - deydi 31 yoshli o'yinchi.

Chicharito joriy mavsum "Sevilya" tarkibida 12ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: LA Times