Chexiyada futbol muxlislari tartibsizlik yuzaga keltirishdi

Aziz Tukhtamuradov
23 mar 2014, 08:24
Chexiya chempionati doirasidagi "Banik" va "Sparta" jamoalari o'rtasidagi o'yin tartibsizliklar bilan yakun topdi, deya xabar bermoqda ITAR-TASS.
Muxlislar o'rtasidagi janjal avvaliga stadionda boshlangan. So'ngra shaxar ko'chalarida davom etgan.
Raqib jamoalar muxlislari o'rtasidagi tartibsizliklarda bir necha yuz kishi ishtirok etgan.
Stadionga 150 ming kron (7.5 ming dollar)lik zarar etkazilgan.
Ushbu janjalni bartaraf etish uchun Chexiya policiyasi safarbar etilgan. 30 dan ortiq odam xibsga olingan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com