

"Arsenal" va "Chelsi" sobiq yulduzi Petr Chex va "Arsenal" sobiq sardori Toni Adams Premer-liga Shon-sharaf zalidan joy oldi.
Bu haqda APL rasmiy sayti xabar berdi.

Chex "Chelsi" va "Arsenal" uchun 443 ta o'yinning 202 tasida gol o'tkazib yubormagan. Darvozabon "ko'klar" tarkibida 4 marta Angliya chempioni va mamlakat kubogi sohibi bo'lgan. Shuningdek, u 3 marta Liga Kubogi va 2 marta Angliya Superkubogida g'alaba qozongan. Chech klub bilan Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasida ham g'olib chiqqan. "Arsenal"da esa 1 marta Angliya Kubogi va ikki marta Superkubogini qo'lga kiritgan.

Adams 4 marta Angliya chempioni bo'lgan. 3 marta Angliya Kubogi va Superkubogini, 2 marta Liga Kubogini boshi uzra ko'targan. 1993/94 yilgi mavsumda Kubok egalari kubogini yutgan.



