Chex “Arsenal” ayollar jamoasini restoranga taklif qildi

20 fev 2019, 20:17
Londonning “Arsenal” klubi posboni Petr Chex “kanonirlar” ayollar futboli jamoasini o'tgan yilgi mavsumni muvaffaqiyatli o'tkazgani bilan tabrikladi, deya xabar bermoqda Sky Sports.

36 yoshli darvozabon ayollar jamoasini Londondagi restoranlardan biriga taklif etdi. Bu hayoda ayollar jamoasi yarim himoyachisi Daniele vann de Donk o'zining Instagramdagi sahifasida ma'lum qildi. “Ushbu rasmni olish uchun uni o'zimiz bilan birga o'tirishga taklif etdik. Tadbir ajoyib o'tdi, ayniqsa Petr Chex bilan” deya izoh qoldirdi de Donk.

Eslatib o'tamiz, yanvarda Chex ushbu mavsum so'nggida faoliyatini yakunlashini ma'lum qilgandi. Futbolchilik faoliyati davomida u Chexiyaning “Xmel” va “Sparta”, shuningdek, “Renn” va “Chelsi” tarkibida to'p tepgan. 2015 yildan u “Arsenal” sharafini himoya qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports