Chempionship start oldi! Kompani debyutidayoq g'alabaga erishdi

Eldor Akmurzayev
30 iyul 2022, 09:25
Angliyada Premer-ligadan keyingi o'rinda turuvchi Chempionshipda 2022/23 yilgi mavsum boshlandi.

Ilk tur o'yini “Xaddersfild” hamda “Byornli” o'rtasida bo'lib o'tdi va unda mehmonlar himoyachi Yan Matsenning goli evaziga zafar (1:0) quchishdi.

“Byornli”ni joriy yil yozida Vensan Kompani qabul qilib olgandi. Bu 36 yoshli mutaxassis uchun yangi jamoasidagi omadli debyut bo'ldi. “Man Siti” sobiq futbolchisi bungacha “Anderlext”ga ustozlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia