Chempionship klublari Xedirani o'z tarkibiga jalb qilmoqchi

Alisher
7 dek 2020, 18:00
"Yuventus"ning 33 yoshli futbolchisi Sami Xedira faoliyatini Chempionshipda davom ettirishi mumkin.

Tajribali xavbekning xizmatlariga bir necha klublar qiziqish bildirmoqda. Gap "Uotford", "Norvich" va "Bornmut" klublari haqida ketmoqda.

Xedira faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishni xohlashini aytdi. Samining Turin grandi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Germaniyalik yarim himoyachi joriy mavsum A Seriya doirasida umuman maydonga tushmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato