Chempionlik uchun kurash: "Siti" va "Arsenal" yana kimlarga qarshi o'ynaydi?

Aslanov Jasurbek
12 apr 2026, 23:36
Angliya Premer-ligasining 32-turida "Chelsi" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan (3:0) so'ng, "Manchester Siti" peshqadam "Arsenal" bilan oradagi farqni 6 ochkogacha qisqartirdi.

Qayd etish joizki, Xosep Gvardiola shogirdlari ixtiyorida "kanonirlar"ga qaraganda bitta zaxira o'yini mavjud.

Mavsum yakuniga 6 tur qolganda, har ikki jamoani oldinda kutib turgan o'yinlar taqvimi bilan tanishing:

📅 "Manchester Siti"ning qolgan o'yinlari:

19 aprel: "Arsenal" (uyda)

22 aprel: "Byornli" (safarda)

4 may: "Everton" (uyda)

9 may: "Brentford" (safarda)

17 may: "Bornmut" (uyda)

24 may: "Aston Villa" (safarda)

Shuningdek, "Kristal Pelas" bilan qoldirilgan bahs sanasi keyinroq e'lon qilinadi.

📅 "Arsenal"ning qolgan o'yinlari:

19 aprel: "Manchester Siti" (safarda)

25 aprel: "Nyukasl Yunayted" (uyda)

2 may: "Fulxem" (safarda)

10 may: "Vest Xem Yunayted" (uyda)

17 may: "Byornli" (safarda)

24 may: "Kristal Pelas" (uyda)

Shubhasiz, 19 aprel kuni bo'lib o'tadigan o'zaro to'qnashuv joriy mavsumdagi chempionlik taqdirini hal qiluvchi eng muhim bahs bo'lishi kutilmoqda. Agar "shaharliklar" ushbu o'yinda va qoldirilgan bahsda g'alaba qozonishsa, ochkolar bo'yicha London klubiga yetib olishlari mumkin. Mikel Arteta jamoasi esa o'z tarixida yangi sahifa ochish uchun ushbu bosimga bardosh berishi kerak.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com