Chempionlar ligasi tarixida ikkinchi bor bir turda uchta xet-trik qayd etildi

Aslanov Jasurbek
27 noya 2014, 12:47
Chempionlar ligasi 2014/15 mavsumining 5-turida uchta xet-trik amalga oshirildi.

Ularga Lionel Messi (Barselona), Serxio Aguero (Manchester Siti), Mario Manjukich (Atletiko) mualliflik qilishdi.

Shunday qilib, bu turnirda 2005/06 mavsumning 5-turida qayd etilgan rekord takrorlandi. O'shanda Andrey Shevchenko ("Fenerbaxche" 0 - 4 "Milan"), Levan Kobiashvili ("Shalke" 3 - 0 PSV), Adriano ("Inter" 4 - 0 "Artemida") xet-trik muallifiga aylangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com