

Uchrashuvda garchi neapolliklar hujumchisi Mertens hisobni ochgan bo'lsada, keyinchalik Ramos dublga erishdi. O'yinga yakuniy nuqtani esa Morata qo'ydi – 1:3.
Ikki uchrashuv natijasiga ko'ra “qirollik klubi” chorak finalni naqd qildi.
“Napoli” Italiya – “Real Madrid” Ispaniya 1:3 (1:0, 0:3)
Gollar: 1:0 – 24 Mertens, 1:1 – 51 Ramos, 1:2 – 57 Ramos, 1:3 – 90 Morata.
“Napoli” – Reyna, Albiol, G'ulom, Xyusay, Kulibali, Mertens, Allan (Rog, 56), Kalexon, Gamshik (Zelinski, 75), Insine (Milik, 70), Diavara.
“Real” Madrid: – Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Modrich (Isko, 80), Beyl (Vaskes, 68), Ronaldu, Benzema (Morata, 77).
Ogohlantirish: Allan (55), Diavara (89).



