

Yevropa Chempionlar ligasi finalida Ispaniya klublari yo'l olishdi. O'tgan yili ham bir mamlakat vakillari finalda ro'baru kelishgan edi. Bu safar ham bu anana davom etdi. Nemischa final endi ispanchaga almashdi.
Yevropa Chempionlar ligasi finali 24 may kuni, Portugaliya poytaxti, Lissabon shahrida bo'lib o'tadi.
Uchrashuv "Eshtadiu Da luj" stadionida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, YCHL finali tarixida ilk bor bir shahardan ikkita jamoa o'zaro bahs olib borishadi.



