Chempionlar ligasi. 3-turning eng yaxshi futbolchisi nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
26 okt 2018, 16:21
UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turining eng yaxshi futbolchisi nomini e'lon qildi.

Sovrin uchun quyidagi o'yinchilar nomzod sifatida ko'rsatilgan edi:

Edin Jeko ("Roma") - 3ta zarba, 2ta gol

Muhammad Saloh ("Liverpul") - 3ta zarba, 2ta gol

David Silva ("Manchester Siti") - paslar aniqligi 95%, 1ta zarba, 1ta gol

Ashraf Hakimi ("Borussiya" D) - 3ta golli pas


SSKAga qarshi bahsda (3:0) 2ta gol urib, 1ta golli pas bergan Jeko sovrin egasiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia