Chemirtan "Bunyodkor" safida mashg'ulot o'tkazmoqda

Narzulla Saydullayev
19 dek 2016, 17:35
2016 yilgi mavsumning ikkinchi davrasini "Buxoro" safida o'tkazgan hujumchi yangi yilni Toshkent klubida o'tkazishga yaqin.

Moldovalik Vadim Chemirtan O'zbekiston vice-chempioni "Bunyodkor" klubi bilan og'izaki kelishuvga erishgani haqida xabar bergandik. Futbolchi yangi mavsumga tayyorgarlikni aynan "qaldirg'ochlar" safida boshladi. U Sergey Lushan boshchiligida mashg'ulotlarda qatnashmoqda.

Ma'lumot uchun, Chemirtan ikkinchi davrada oliy ligada 11ta o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 8ta gol urishga erishdi.

Buxorolik muxlislar Vadim Chemirtanga pul yig'ib berishga tayyorlar FOTO

Oliy liga-2016. Ikkinchi davraning eng foydali transferlari


Saytimizning Youtube saytidagi kanaliga obuna bo'ling - youtube.com

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia