

Saudiya Arabistoni klubi xavbek bilan shartnoma borasida rasman kelishib oldi. Shartnoma tibbiy ko'rikdan so'ng imzolanadi. 30 yoshli Marin "Verder", "Chelsi", "Sevilya"dagi faoliyati bilan ko'pchilikka ma'lum. U 2010 yilgi mundialda Germaniya termasi bilan bronza medallarga ega chiqqan.
Ushbu mavsumda u jamoasi tarkibida 12 o'yinda qatnashib, 3 gol kiritdi.
Agarda "Lokomotiv" 21 yanvar kuni Tojikistonning "Istiqlol" jamoasini mag'lub etsa, Jiddaning "Al Ahli" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.



