"Chelsi"ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilari ma'lum qilindi

Omonjon To`xtamirzayev
19 apr 2025, 14:09
Londonning "Chelsi" klubida puldan muammo yo'qligi hech kimga sir emas.

Jamoaga Todd Boeli kelganidan keyin qator yo'nalishlarda klub katta mablag'larni sarflab tashlayotgani haqida ko'p bor gapirildi. 

Xo'sh, katta pullar evaziga olib kelingan futbolchilar qancha maosh oladi?  

"TEAMtalk"ning ma'lumotlariga ko'ra TOP-10 quyidagicha ko'rinish olgan:

1. Ris Jeyms (haftasiga 250 000 funt sterling)

2. Raxim Sterling (215 000)

3. Uesli Fofana (200 000)

4. Kristofer Nkunku (195 000)

5. Enco Fernandes (180 000)

6. Mark Kukurelya (175 000)

7. Pedru Netu (160 000)

8. Moyses Kaysedo (150 000)

9. Koul Palmer (130 000)

10. Tosin Adarabioyo (120 000).

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Blue_Footy