

"Chelsi" o'zining rasmiy saytida yarim himoyachilar Kristofer Nkunku va Romeo Laviyaning safga qaytganini e'lon qildi.
Futbolchilar umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazishmoqda. Ular joriy mavsum hali maydonga tusha olishmagandi.
"Chelsi" navbatdagi o'yinni 25 noyabr kuni mehmonda "Nyukasl"ga qarshi o'tkazadi. Laviya va Nkunku bu to'qnashuvda ishtirok etishi hozircha noma'lum.



