"Chelsi"ga qarshi bahsdan oldin "Nyukasl" futbolchilari o'rtasida mushtlashuv bo'lgan

Aslanov Jasurbek
29 avg 2018, 17:51
"Chelsi"ga qarshi Angliya Premer-ligasi o'yinidan oldin "Nyukasl" futbolchilari mashg'ulot paytida mushtlashib ketishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, mashg'ulotda jamoa himoyachisi Jamal Lassells yarim himoyachi Mett Ritchi bilan bilan aytishib qolgan. Keyinroq futbolchilar kiyinish xonasida mushtlashib ketishgan. Ularni jamoadoshlari ajratib qolishgan. Hammasi yakunlangan Lassells va Ritchi yarashib olishdi. Ingliz jamoasi bosh murabbiyi Rafael Benites futbolchilar kelishib olganidan xursand bo'ldi.

"Chelsi" - "Nyukasl" uchrashuvi 2:1 hisobida "aristokratlar" g'alabasi bilan yakunlandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail