"Chelsi" yozda Kurta Zumani ijaraga berishi mumkin
Narzulla Saydullayev
11 fev 2017, 09:30
"Chelsi" himoyachisi Kurt Zuma mavsum tugagach boshqa klubga ijaraga berilishi mumkin.
22 yoshli futbolchi jarohatidan so'ng tezroq o'z formasiga qaytmoqchi. Buning uchun Zuma ko'proq maydonga tushmoqchi. "Chelsi"da esa bunday imkoniyat kam bo'lmoqda. Futbolchi "Chelsi" bilan shartnomani uzaytirib boshqa klubga ijaraga ketmoqchi.