"Chelsi" yozda Kepa o'rniga boshqa darvozabonni sotib olmoqchi edi

Aslanov Jasurbek
8 sen 2018
"Chelsi" yozgi transfer oynasida "Real"ga o'tgan darvozabon Tibo Kurtua o'rniga PSJ posboni Alfons Areolani xarid qilmoqchi edi.

Ammo "ko'klar" "Atletik"dan Kepa Arrisabalagani sotib olishdi.

"Yozda Alfons Areola bilan ko'p suhbatlashdim, suhbatimiz aniq takliflar ustida kechdi. U bizga o'tmoqchi edi. Lekin yakuniy qarorni men chiqarmayman" - deydi "Chelsi" darvozabonlar murabbiyi Kristof Lollishon.

Kepa 80 mln evro evaziga "Atletik"dan "Chelsi"ga o'tdi va tarixdagi eng qimmat darvozabonga aylandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport