Chelsi Yokohama Rubber bilan 5 yillik shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
1 mar 2015, 08:18
Chelsi mashina balonlarini ishlab chiqaruvchi Yaponiyaning Yokohama Rubber kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi.
Ushbu kompaniya nomi 2015/16 yilgi mavsumdan boshlab Chelsi klubi futbolchilari formasining old qismiga tushuriladi.

Oldinroq London klubi titul homiysidan yiliga 40 million funt olishi ma'lum qilingandi. Samsung kompaniyasi Chelsi klubiga yiliga atiga 18 million to'lardi.

Ushbu shartnoma premer-liga tarixida ikkinchi o'rinni egallaydi. Manchester Yunayted Chevrolet kompaniyasidan yiliga 53 million funt oladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru