"Chelsi" yarim himoyachisi "Aston Villa"ga o'tadi

31 dek 2020, 22:11
Bu haqida "Sky Sports" nashri xabar qildi.

Ijara asosida "Byornli" klubi sharafini himoya qilayotgan "Chelsi" futbolchisi Denni Drinkuoter faoliyatini "Aston Villa"da davom ettirishi mumkin. Birmingem klubi jarohat sabab kelasi 3 oyni o'tkazib yuborishi oydinlashgan Jon Makginnning o'rnini to'ldirish uchun harakat boshladi. Drinkuoter yanvarda ijaraga olinishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Angliya terma jamoasi a'zosi APLning joriy mavsumida "Byornli" klubi safida bitta uchrashuv o'tkazdi.

Avvalroq Drinkuoter mavsum yakuniga qadar "Byornli" tarkibida qolishi haqida xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports