

Ma'lum bo'lishicha, Roman Abramovich klubi qishki transfer oynasida 28 yoshli hujumchini xarid qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Futbolchining transferi 40 mln. evroga baholanmoqda. "Lester Siti" esa o'z yetakchilaridan biri bilan xayrlashmoqchi emas va Vardiga yaxshilangan shartlar bilan yangi shartnoma taklif qilish niyatida.
Hujumchiga "Chelsi"dan tashqari "Manchester Siti" ham qiziqish bildirmoqda.
Vardi APLning 17 uchrashuvida 15ta gol urdi va o'z hisobiga 4ta golli pas yozib qo'ydi.



