

"Real" sobiq bosh murabbiyi jamoani qabul qilib olish oldidan eng kamida 2 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Ispaniyalik yozdagi transferlar paytidagi qarorlarda muhim o'rin tutadigan shahs bo'ladi.
"Chelsi" ushbu mavsumda ikki murabbiyni ishdan bo'shatishga ulgurdi - Enco Mareska va Liam Rosenor. Ayni damda Kalum Makfarleyn jamoani vaqtinchalik boshqaruvchi bo'lib turibdi.
Londonliklar 36 o'yinda 49 ochko to'plagan holda APL turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi. Bugun jamoa Angliya Kubogi finalida "Manchester Siti"ga mag'lub bo'ldi.



