"Chelsi" Xavercning xaridiga tayyorlanmoqda

Alisher
18 iyun 2020
"Bayer" xavbeki Kay Xaverc faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin.

"Ko'klar" tez orada 21 yoshli germaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi, ammo bu hali futbolchining narxini belgilamagan Leverkuzen klubiga bog'liq.

Xabarlarga ko'ra, "Chelsi" "Bayer"ga Xaverc uchun 90 million funt taklif qilgan, ammo klub yarim himoyachini sotilishini Germaniyada mavsum yakunlangandan so'ng ko'rib chiqadi.

Xaverc joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Telegraph