"Chelsi" vingeri "Fulxem" bilan kelishib oldi

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2023
Endi gap klublarda qoldi.

"Chelsi" vingeri Kallum Xadson-Odoi "Fulxem" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda "Evening Standard" nashri xabar bermoqda.

"Ko'klar" futbolchiga ishonishmayapti. U bir necha haftadan buyon yoshlar terma jamoasi bilan shug'ullanmoqda.

Shu bilan birga, londonliklar futbolchini foyda bilan sotish niyatida, shu bois "Lacio" bilan muzokaralar olib bormoqda. Biroq klub faqat futbolchining ijarasini taklif qilyapti.

Xadson-Odoi – "Chelsi" tarbiyalanuvchisi. 22 yoshli vinger o'tgan mavsum ijara asosida Leverkuzenning "Bayer" klubida o'ynagandi. U barcha musobaqalarda 21 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Evening Standard