

Bu haqida "Daily Mail" nashri xabar qildi. 27 yoshli braziliyalik futbolchiga "Chelsi" va PSJ klublari da'vogarlik qilmoqda. Mazkur jamoalar himoya chizig'ining chap qanotini kuchaytirishni maqsad qilishgan. Tellesning "Portu" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida nihoyasiga etadi. U hamkorlikni davom ettirishdan bosh tortgan va erkin agent sifatida kuchliroq klub safiga qo'shilmoqchi.
Ma'lumot uchun, Telles joriy mavsum 16 uchrashuvda maydonga tushib, 5tadan gol va samarali uzatmaga mualliflik qilgan.



