"Chelsi" va "Manchester Yunayted" Garnacho masalasida kelisha olmadi

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2025
"Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho hali "Chelsi"ga o'tgani yo'q.

London klubi argentinalik futbolchi uchun Italiyaning "Napoli" klubi bilan birga asosiy davogar sanaladi. "UtdDistrict" ma'lumotlariga ko'ra, "Chelsi"ning "Manchester Yunayted" bilan muzokaralari hali natija bermagan, tomonlar narx borasida kelisha olmagan. Futbolchining o'zi ham bu transferga tayyor – agar "qizil iblislar" sotishni maqullashsa, u klubini o'zgartirishdan xursand bo'lardi.

Transfermarkt portali ekspertlari Alexandro Garnachoning narxini 50 mln evroga baholamoqda. 20 yoshli futbolchining mankunianlar bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UtdDistrict