“Chelsi” va “Liverpul” Riyad Marez uchun “jang” olib bormoqda

6 yanv 2018, 16:10
Kuni kecha “Everton” yarim himoyachisi Ross Barklini o'z safiga qo'shib olgan londonliklar “Lester” yetakchisi Riyad Marezni sotib olishga urinmoqda.

The Sun nashriga ko'ra, jazoirlik ham “tulkilar” safini tark etish niyatida.

Marezga bundan tashqari, “Roma” va “Liverpul” ham qiziqish bildirmoqda. Riyadni sotib olmoqchi bo'lgan klub “Lester” g'aznasiga 40 million funt sterling o'tkazib berishiga to'g'ri keladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun