"Chelsi" va "Inter" Lukaku borasida kelishuvga erishdi

Оқил Абдубарноев
20 iyun 2022, 00:29
"Chelsi" va "Inter" o'rtasidagi hujumchi Romelu Lukakuni ijaraga olish borasidagi muzokaralar yakuniga etgan ko'rinadi.

Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, klublar 29 yoshli belgiyalik futbolchining ijarasi uchun "Inter"ga 10 million evro to'lashga kelishib olgan. Hujumchi 2022/23 yilgi mavsumda Italiya klubida o'ynaydi.

Oldinroq Italiya OAVlarida "qora-ko'klar" futbolchining transferini kelasi haftada e'lon qilmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Lukaku o'tgan mavsumda "aristokratlar" tarkibida 44 o'yin o'tkazib, 15 gol urgan va 2 golga assistentlik qilgan. Belgiyalik hujumchi "Inter"ga qaytishni istashini bir necha bor takidlagan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia