Chelsi va Arsenal Lacio himoyachisiga e'tibor qaratishdi

8 noya 2016, 10:10
Lacio himoyachisi Stefan de Vrey Chelsi va Arsenal qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.
Rimliklar 24 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishmoqchi. Gollandiyalik futbolchining shartnomasi 2018 yil yozida tugaydi. Hozircha tomonlar kelishuvga erishishmadi.

Chelsi va Arsenal esa vaziyatni kuzatishmoqda. Ikkala klub ham yanvar oyida de Vreyni xarid qilmoqchi, deb xabar bermoqda Goal.com.

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com