

"Chelsi" deyarli 12 oy davomida asosiy hamkor va titul homiysi bo'lmagan holda DAMAC bilan kelishuvga erishdi. Ushbu hamkorlik mavsum oxirigacha amal qiladi va iyun-iyul oylaridagi Klublar o'rtasidagi JCHga va 2025/26 yilgi mavsumga taalluqli bo'lmaydi. Buning o'rniga "Chelsi" uzoq muddatli kelishuv variantlarini ko'rib chiqishni davom ettirmoqda. London klubi munosib kompaniya bilan shartnoma tuzishga intilmoqda.

Klubning erkaklar va ayollar jamoalari liboslarida hamkorning logotipi birinchi marta Shvetsiyada bo'lib o'tgan Konferenciyalar Ligasi yarim finalida "Yurgorden"ga qarshi o'yinda paydo bo'ldi. Bungacha jamoa mavsum davomida o'z libosida titul homiysiz o'ynagan.



